Жаңалықлар

#Chinoz_tumani 📌Biriktirilgan tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikda ishlar olib borildi


🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Chinoz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bilan birgalidka hamda hamkorlikda joriy yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha tumanda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosining borishi tahlil qilindi.

♻️Tahlil davomida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilish darajasi, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va dasturlar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

❇️Deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini samarali ta'minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3