Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat nazorati:

Deputat nazorati: Bogʻchalardagi sharoitlar va qonun ijrosi oʻrganildi
📌 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati D.Uralova tomonidan hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdagi oʻrganish va nazorat tadbiri oʻtkazildi.
📜 Mazkur nazorat tadbirida Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi **“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”**gi OʻRQ-595-sonli Qonuni ijrosi, bogʻchalarda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim-tarbiya jarayonlarining sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha koʻrib chiqildi.
🔍 Deputat D.Uralova oʻrganish davomida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda qonunda belgilangan normalarning toʻliq bajarilishi yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

Slide 1 of 2