Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi

Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati M. To‘raboyev tomonidan “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida sport maktabining dzyudo va velosport bo‘limlariga sport jihozlari hamda sport formalari topshirildi.

Shuningdek, Yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempioni Bobur Sayfullayev va uning murabbiyi Xurshid Samiyev erishgan yuksak natijalari munosabati bilan e’tirof etilib, munosib taqdirlandi. Deputat tomonidan yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 10