Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Tolebi” mahallasida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.

🔺O‘rganish davomida poliklinikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlarni qabul qilish tartibi, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam nazorat qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3