Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bo‘tayev tashabbusi hamda Sardoba tumani Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari, davlat va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini keng targ‘ib qilishning ahamiyati ta’kidlandi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning umumiy vazifasi ekani, bu borada davlat organlari, jamoatchilik va yoshlarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3