Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Deputat sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani o‘rgandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Alisher Abduvahabovich Xusainov Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalda tatbiq etish orqali yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

💬Shu maqsadda deputat Al-Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda yoshlar bilan ishlash tizimining bugungi holatini o‘rgandi.

✔️ O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud yutuqlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

⌛ Mahalladagi yoshlar uchun Amir Temur muzeyi, Texnika muzeyi kabi ma’rifiy maskanlarga tashriflar, Abulqosim madrasasidagi hunarmand ustalar bilan uchrashuvlar, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, suzish mashg‘ulotlari hamda kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

✅Mazkur o‘rganish ishlari sessiyaga kiritilgan masalani har tomonlama tahlil qilish, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3