Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Deputat mahallada

Deputat mahallada

⭐ Xalq deputatlari Boysuntuman Kengashi deputati S.Maxamadinova o‘zi saylangan “23-Darband” saylov okrugi hududida joylashgan “Darband” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

🤩 “Darband”mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyatini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-aprel “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorining mazmun mohiyati hamda "Mahalla yettiligi" – Kengash – Senat" uch bo'g'inli hamkorligi, muammoli masalalarni sessiyada muhokama qilish, respublika darajasidagi muammolarni Senatga taqdim etish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.

🤩 Shuningdek Mahalla hududini rivojlantirish aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasida mahalla yettiligi a’zolari hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning 2026-yilda amalga oshirishi belgilangan “Yo‘l xaritalari” bilan tanishdi.

🤩 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha mahalla yettiligi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi

Slide 1 of 3