Жаңалықлар

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi futbol to‘garagi faoliyati e’tibor markazida

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi futbol to‘garagi faoliyati e’tibor markazida

📁 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ–201-sonli “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎬 Ana shu maqsadda “Mahalla” telekanali ijodiy jamoasi tomonidan 238-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan sport va to‘garaklar faoliyatidan maxsus reportaj tayyorlandi. Reportajning asosiy maqsadi yozgi ta’til davrida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

⚽️ Reportaj davomida maktab stadionida faoliyat yuritayotgan mini-futbol to‘garagi mashg‘ulotlari jarayoni tasvirga olinib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanayotgani, futbolga bo‘lgan qiziqishi va erishayotgan natijalari yoritildi. Shuningdek, sport maydonchasida yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga “Adolat” SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna ishtirok etib, “Mahalla” telekanali jurnalistlariga intervyu berdi hamda yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Deputat o‘z chiqishida davlatimiz tomonidan yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🗣 Shuningdek, bugungi kunda 238-maktabda tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari va turli yo‘nalishdagi to‘garaklar yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iqtidorini yuzaga chiqarish hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

📇 Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida ularning sportga bo‘lgan qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari va kelgusidagi maqsadlari muhokama qilindi. Futbol to‘garagi a’zolari esa yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun muhim omil bo‘layotganini ta’kidladilar.

↗️ Mazkur reportaj orqali “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar bilan ishlash, ularni ommaviy sportga jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng jamoatchilikka namoyish etildi. Bunday tashabbuslar sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7