Жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏥🏛 Deputatlik nazorati: tibbiy xizmat sifati e’tiborda

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Chag‘atoy” oilaviy shifokorlik punktida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔎 Jarayon davomida tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti, tibbiy xizmat sifati hamda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

💬 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va tizimdagi muammolarni joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 6