Жаңалықлар

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.G'oibnazarov tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi
So'rovda qonun ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasi so'ralgan.

2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1109-son Qonunga muvofiq, mahalliy ijro hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tasdig‘iga kiritishi belgilangan.

Hududiy dasturlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

1. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan mintaqaviy ekologiya dasturlari;

2. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlar;

3. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

4. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

5. O‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va ulardan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlar;

6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlar;

7. Hududiy ekologik dasturlar;

8. Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlar;

9. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi dasturlar;

10. O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi dasturlar;

11. Avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks mintaqaviy dasturlar;

12. Transport sohasidagi hududiy dasturlar;

13. Shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirish va transport harakatini tashkil etish rejalari;

14. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi dasturlari;

15. Mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi dasturlari;

16. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish dasturlari;

17. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi dasturlar;

18. Reproduktiv salomatlikni saqlash dasturlari;

19. Yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutish;

20. Huquqbuzarliklar profilaktikasi dasturlari;

21. Hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalari;

22. Yoshlarga oid davlat siyosati dasturlari;

23. Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish dasturlari;

24. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish dasturlari;

25. Turizmni rivojlantirish sohasidagi dasturlar;

26. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish dasturlari;

27. Ilmiy faoliyatga oid dasturlar;

28. Innovatsion faoliyat sohasidagi dasturlar;

29. Maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari;

30. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari;

31. Madaniy faoliyat sohasidagi dasturlar;

32. Shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks dasturlar;

33. Ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rivojlantirish dasturlari;

34. Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash dasturlari;

35. Yo‘l harakati sohasidagi dasturlar;

36. Ko‘chalar va xo‘jalik yo‘llarida yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha kompleks dasturlar;

37. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish dasturlari;

38. Kreativ iqtisodiyot sohasidagi dasturlar.