Жаңалықлар

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin–Baxmal yo‘nalishida olib borilayotgan yo‘l yoqalarini tozalash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan hududlarni chiqindilardan tozalash, yo‘l chetlarini tartibga keltirish, daraxt va butalarni parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Hududning sanitariya holatini yaxshilash, yo‘lovchilar va haydovchilar uchun qulay hamda estetik muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan hududlarni obod va ko‘rkam holatda saqlash, yo‘l infratuzilmasi atrofida sanitariya va ekologik holatni yaxshilash ishlari doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3