Жаңалықлар

Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan «Mening bog'im» loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 26- martdagi 156-son qaroriga asosan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog'im” tashabbuskor loyihalariga ovoz berish bosqichi yakunlandi. G'olib loyihalar bir vaqtning o'zida Portal orqali e'lon qilinib, loyiha tashabbuskorlariga g'olib bo'lganligi to'g'risida SMS xabar yuborildi. Shuningdek, 2026-yilda o'tkazilgan “Mening bog'im” loyihalari jarayoni doirasida g'olib bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha manzilli ro'yxat shakllantirildi va tasdiqlandi. Loyiha bo'yicha Romitan tumanidagi Romitan MFYda tashabbuskor loyiha g'olib deb topildi.
 

Slide 1 of 1