Жаңалықлар

Obod va xavfsiz yo‘llar — aholi farovonligining muhim mezoni!

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat N. Dusmatova Yoshlik mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘layotgan hududlardagi mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, YTHlarning oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

💡 Xavfsiz va ravon yo‘llar — har bir fuqaroning qulay va osoyishta hayoti uchun muhim omildir!

Slide 1 of 5