Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Ajrim yoqasida turgan oila yarashtirildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova boshchiligida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi tadbir o‘tkazildi. “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inining "mahalla yettiligi", jamoatchilik guruhi aʼzolari hamda faollar ishtirokida hududda istiqomat qiluvchi, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila bilan manzilli suhbat tashkil etildi. 

🔸Tezkor va samimiy tushuntirish ishlari natijasida oiladagi kelishmovchiliklarga barham berilib, er-xotin o‘zaro yarashtirildi.

Slide 1 of 2