Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X.Sultanov “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.

Қhuningdek, mahalladagi kriminogen holatni barqaror saqlash va yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlari, Yoshlar agentligi hamda mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida o‘quv yilini yakunlash, o‘quvchilarni yozgi dam olish oromgohlariga yo‘naltirish yuzasidan ham tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2