Жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va shikoyatlar tinglandi. Asosan, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, ayrim muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2