Жаңалықлар

Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya a’zolari ishtirokida dastlabki tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi.

Jarayon davomida, xususan, "PAXTAKOR EKO SFERA "MChJ faoliyati alohida ko‘rib chiqilib, hududlarda olib borilayotgan sanitariya-tozalash ishlari holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish, aholiga qulaylik yaratish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarning puxta tayyorlanishi va samarali qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7