✅Fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotlarda: mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mahalla ichki ko‘cha-yo‘llari holati, shuningdek mahalla ahlining bugungi hayot tarzi, ertangi kun maqsad-rejalari deputat o‘rganuvining diqqat-markazida bo‘ldi.
✅Fuqarolar Oxunov Baxodirjonning “Jasorat” ko‘chasini asfaltlashtirish hamda Mehmonov Turg‘unboyning eskirgan elektr simyog‘ochlari tayanchlarni almashtirish masalalaridagi murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotarga deputat so‘rovlari yuboriladi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi