Bugungi kunda deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyati hududlardagi muammolarni aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ana shunday hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Tashrif davomida deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish borasida mahalla bankirining olib borayotgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda aholi bandligini oshirish va turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.