✅ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tashabbusi bilan tumandagi Ulus mahallasida amaliy ishlar davom etmoqda.
💧Jumladan, mahalla aholisi bilan hamkorlikda hamda homiylar ko‘magida aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida beton ariqlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
✔️Ushbu tashabbus aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🤝Mazkur xayrli ish mahalla aholisi tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda hamda deputatning xalq manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuksak baholanmoqda.