Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch shahri Yangiobod mahallasidagi tugallanmagan bino-bolalar uchun havf manbayi” sarlavhasi ostida post qoldirilgan va unda Yangiobod mahallasidagi qurilishi tugallanmagan binoning baland qavatida harakatlanayotgan fuqaro (yosh bola) tasvirlangan.
Mazkur holat jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotganligi hamda haqiqatdan ham nafaqat bolalar balki yoshi kattalar uchun ham havf manbayi hisoblangan mazkur binoni qarovsiz holda ekanligini inobatga olib, ushbu masalaga ijobiy yechim topish yuzasidan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev nomidan tezkor tartibda Urganch shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Sharipov Azamat Sharipboyevichga kuzatuv xati chiqarildi.