35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📍 Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Joriy yilning 21-iyul kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S.Xidirova Do‘stlik MFY binosida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar oldida axborot berdi.

Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hududdagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari A.Turobov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori N.Alimberdiyev, tuman "Madad" NNT rahbari N.Ismoilov hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5