35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASINI QAYTA TIKLASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan mahalla hududidagi qarovsiz holga kelib qolgan sport maydonchasini qayta tiklash va obodonlashtirish masalasi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputat tomonidan saylov okrugi hududini o‘rganish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida aniqlangan. O‘rganish davomida mahalla hududida avval futbol maydoni sifatida foydalanilgan sport maydonchasi uzoq vaqt davomida qarovsiz qolib ketgani, hududning bugungi holati obodonlashtirish va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishni talab etishi qayd etildi.

Deputat so‘rovida sport maydonchasining mavjud holatini tegishli tartibda o‘rganish, hududni obodonlashtirish va maydonchani qayta tiklash, shuningdek, aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarildi.

Shuningdek, mazkur sport maydonchasini qayta tiklash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash va masalani amaliy hal etish so‘raldi.

Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalaning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3