35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedovaning 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldidagi axborot uchrashuvi 13-Gulsaroy saylov okrugidagi "Gulsaroy" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Olmazor tumani hokimligi MMTB maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti M.Yakubova, Olmazor tuman MMTB darsliklar bo‘yicha metodist D.Rahimova, "Olmazor Ta'mir Servis" BSK rahbari F.Axunova, "Gulsaroy" va "Chuqursoy" MFY yettilik vakillari, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan tadbirda deputat Dilorom Axmedova O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq deputatlar yil davomida saylovchilar oldida muntazam axborot berib borishi belgilanganini ta’kidlab, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot taqdim etdi.

📁 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat 3 marotaba Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalarida hamda 2 marotaba doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ishtirok etib, hududlarni farovonligiga oid masalalar muhokamasida faol qatnashdi.

🏥 Hisobot davomida aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar va homiladorlarni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, onkologik skrininglarni kengaytirish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

📚 Ta’lim tizimi bo‘yicha tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar sonini ko‘paytirish, yangi ta’lim muassasalarini foydalanishga topshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etildi.

💡 Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva so‘zga chiqib, mahalliy Kengash va deputatlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik hamda saylovchilar bilan muntazam muloqotni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Kengash raisi deputatlar tomonidan hududlarda olib borilayotgan nazorat-tahlil ishlari va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni alohida e’tirof etdi.

🔖 Tadbir davomida "Gulsaroy" va "Chuqursoy" mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ham hududlarda joriy yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumiy hisobot bilan chiqish qildilar. Hisobotlarda mahallalarni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, fuqarolar murojaatlarini hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilgan manzilli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar va takliflarini bildirdilar. Xususan, mahalladagi kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda infratuzilmaga oid ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 9