35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📚 Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Birdamlik mahallasidagi 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktabda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining holati hamda ta’lim jarayonini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Yosh avlodning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash yo‘lidagi ishlar doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 3