Жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 HAMKORLIK ALOQALARINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sherobod tuman bo‘limida tashkilot mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

📋 Tadbirda pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

✅ Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4