Жаңалықлар

#162_ta_qonun #Biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-Yangiqurilish saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich maxsus komissiya tarkibida mazkur okrug hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ва infratuzilmani yaxshilash ishlarining ijro holatini atroflicha oʻrgandi.

Oʻrganish davomida mahalladagi loyihalar sxemasi va chizmalari koʻzdan kechirilib, belgilangan rejalarning amaldagi ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, hududda maxsus texnika vositalari yordamida ariqlar va yoʻl chetlarini tozalash, obodonlashtirish hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyida koʻrildi.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalarni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 5