🚨 O‘rganish davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga tezkor va samarali munosabat bildirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
♻️ Shuningdek, mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tizim faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
❇️ Deputat va Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi hayoti va mol-mulkini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.