Deputat so‘rovi natijasi: M.Eshtemirov mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyokulov tomonidan hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kengash deputatining “M.Eshtemirov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazgan sayyor uchrashuvlari davomida aholi tomonidan elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, xususan, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat A.Avliyokulov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga zimmisidagi vazifalar ko‘rsatilgan holda qat’iy deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada murojaat ijobiy yechim topdi: hududga yangi beton ustunlar o‘rnatildi, traverslar quyildi va hozirda elektr simlarini tortish ishlari yakunlanish arafasida turibdi.
Aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bu kabi amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olingan