Жаңалықлар

#boshqaruv_kompaniyalari

🏢 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va uylardagi holat deputatlar e’tiborida

Nurafshon shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi #boshqaruv_kompaniyalari ishining samaradorligini aniqlash maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda deputat A.Tursunbayev va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar partiya tashkiloti raisi E.Ernazarov ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar) va yerto‘lalarining texnik holati;
✅ Atrof-muhit tozaligi va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi;
✅ Uylar atrofidagi maydonlarning tungi yoritilishi va obodonlashtirilgani.

O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Aholi to‘layotgan majburiy badallar evaziga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qoniqarli bo‘lishi shartligi yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3