Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Zoirova hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakillari ishtirokida 23-Xalqobod saylov okrugidagi Xalqobod mahallasida xotin-qizlar faoli va mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔘Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
🔘Xususan, xotin-qizlarga internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli firibgarlik holatlarining oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar, soxta havolalar va kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
🔘Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga taqdim etmaslik, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
🔘Muloqot davomida xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi hamda kiberxavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🔘Ta’kidlanganidek, bugungi raqamli davrda fuqarolarning, ayniqsa xotin-qizlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni turli kiberxavflardan himoya qilish hamda axborot makonida xavfsiz muhitni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.