Жаңалықлар

Fuqarolar murojaatlari — deputat eʼtiborida

8-may kuni Sardoba tumani Kengashi ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha o‘rganilmoqda.
Uchrashuvlar davomida ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilanmoqda.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda murojaatlar ijrosini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2