Жаңалықлар

Zarbdor tumanida yoshlar bilan sayyor qabul tashkil etildi

Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Murodbek Rahmonberdiyev boshchiligida Zarbdor tumani yoshlari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Umurzakov, tuman prokurori o‘rinbosari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Qabul davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, yer ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan 19 ta murojaat va takliflar bildirildi.

💬 Deputat Zafar Umurzakov ham yoshlar bilan muloqot qilib, ularning tashabbus va takliflarini tingladi hamda ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashdi.

✅Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5