Жаңалықлар

📚 Tarixga ehtirom — kelajakka poydevor

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M. Samandarova Dalvarzin mahallasida joylashgan O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Qosim Yoqubov tomonidan tashkil etilgan “O‘lka tarixi muzeyi”ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzeydagi noyob eksponatlar, yurtimiz va hududimiz tarixini aks ettiruvchi qimmatli manbalar bilan yaqindan tanishildi. Muzey faoliyati, yosh avlodni milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

🏛 Ajdodlar merosini asrash, tarixiy xotirani saqlash va uni kelajak avlodlarga yetkazish — barchamizning muhim vazifamizdir.

Slide 1 of 7