Жаңалықлар

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tashkilotlarda olib borilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning ijrosi ham nazorat tartibida o‘rganildi. Qarorlar ijrosining holati tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlarining samarali ijrosini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8