Жаңалықлар

Deputat hududdagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda Z.Shodmonov 11-Muqumiy saylov okrugida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2026-yil 18-maydagi VII-27-75-3-52-K/26-sonli qarori asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Bog‘ishamol” MFYga ajratilgan 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bajarilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Qoramirzo qishlog‘idagi 100 ta xonadonning 8 gektar tomorqa maydonida isitish tizimisiz issiqxonalar tashkil etish hamda 8 km oqar suv tarmog‘ini tortish ishlari bilan tanishildi.

Amalga oshiriladigan ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5