Жаңалықлар

BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati M. Masharipov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" amaliy tadbirlar dasturining ijrosi o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida maktabda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi, mavjud shart-sharoitlar hamda yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlarning amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasidagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7