Жаңалықлар

uchrashuv

#Yoshlar_Kuni
#Deputat_nazorati
#Yoshlar_bilan_muloqot
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputati Zarnigor Avyazova tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va an’analarga hurmat, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida yoshlarning tashabbus va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish hamda yurt ravnaqiga daxldorlik hissini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1