Жаңалықлар

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Andijon shahrida aholi muammolarini o‘rganish, ularni hal etish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Fuqarolar tomonidan “Sanoat” MFY hududidagi ko‘chalardan birida eski simyog‘ochlarga tortilgan telefon simlari osilib qolganligi, bu esa avtotransport vositalari harakatiga noqulaylik tug‘dirib, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat asosida telefon simlarini qayta tortish va hududni tartibga keltirish masalasi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2