Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada tumandagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati, ekologik holatni yaxshilash, “Yashil bog‘” tashkil etish hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha komissiya axboroti tinglandi. Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.