O‘rganish davomida sport zalining sanitariya holati, mavjud sport anjomlari va inventarlar bilan ta’minlanganligi, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda sport inshootlaridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport infratuzilmasidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yoshlar va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.