O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturida belgilangan “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida tumandagi “Mirzaxo‘ja” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan yoshlar va qariyalar holidan xabar olish va ularga e’tibor qaratish maqsadida ularning hozirgi kunda mavjud muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi, deputatlar va partiya faollari tomonidan ularga oz bo‘lsa ham hursandchilik ulashildi.
Mazkur ezgu tashabbus jamiyatimizda yoshlar va keksalarga bo‘lgan e’tibor, mehr-oqibat hamda inson qadrini ulug‘lashning yana bir yorqin ifodasidir.
“Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida bunday savobli ishlar izchil davom ettiriladi hamda tumandagi ehtiyojmand fuqarolarga amaliy ko‘mak doimiy ko‘rsatib boriladi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi