Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ko‘p qavatli uylar aholisi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi mavjud holatga aniqlik kiritish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahridagi ayrim ko‘p qavatli uylar aholisi tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan turli murojaat va e’tirozlar bildirilgan.

Mazkur deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar;
Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar;
Boshqaruv servis kompaniyalarining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi va faoliyat yuritishi;
Ularning tegishli reyestrlarga kiritilishi yoki chiqarilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputatlik so‘rovi fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonuniy asosda o‘rganish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda ko‘p qavatli uylar aholisi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, mas’ul tashkilotlardan olinadigan rasmiy javoblar hamda ko‘rilayotgan choralar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Fuqarolar murojaatlari va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2