Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Obod mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko'rish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3