Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📨 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Nazar Turdiyev tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tuman “Toza hudud” DUK rahbari Ilxom Abduvaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏛So‘rovda ko‘tarilgan masala:
“Yangi davr” MFY hududidagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayapti. Natijada chiqindilar to‘planib qolishi tufayli mahalla obodligi va atrof-muhit sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, chiqindilarni olib ketish reja-jadvalini qayta ko‘rib chiqish va Talabalar ko‘chasidagi ko‘p qavatli 11-uyning yoniga qo‘shimcha chiqindi qutisi o‘rnatish zarur.

🔷Sizdan, yuqoridagi muammoni mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqib, muammoni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishingizni so‘raymiz.

Slide 1 of 1