Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. I. Babojonova tomonidan Hayrabod mahallasida yoshlar yetakchisi Xusainov Jahongir faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi 6 oy davomida ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash, yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan mahalla yoshlarini yaqindan tanishtirilganligi o'rganildi . Xususan, fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari e’tirof etildi.
Deputat tomonidan yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotganligi ta’kidlandi.