Жаңалықлар

HOKIM VA DEPUTAT

Oltinsoy tumanida 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudayberdiyev, soha mas’ullari, nuroniylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim davomida bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlar uchun qulay imkoniyatlar bilan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu MTTning ishga tushirilishi hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10