Жаңалықлар

2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti muhokama qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti muhokama qilindi.

2026-yil 3 oyida aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish xamda yuqumli kasalliklar bo‘yicha xavfni erta aniqlash maqsadda bakteriologiya va parazitologiya laboratoriya tahlilari asosida ishlar olib borilgan.

Sanepidqo’m Payariq tuman bo‘limi tomonidan 2026-yil 3 oyi davomida olib borilgan tadbirlar natijasida tuman hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilmagan.

Mavjud 60 turdagi yuqumli kasalliklardan 11 turidagi yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olingan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1