Жаңалықлар

Aholi murojaatlari va infratuzilmani yaxshilash – deputat e’tiborida

🔴Tashrif davomida hududda aholi va yoshlar uchun barpo etilayotgan sport inshootlarining qurilish jarayonlari hamda ishlarning sifati deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi.

🔴Shuningdek, mahalladagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar va tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🔴Aholi murojaatiga asosan Kamolot berk ko‘chasi, Mustaqillik, Ipakchilik va O‘zbekiston ko‘chalarining jami 3637 metr qismini asfaltlashtirish masalasi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔴Ichki yo‘llarning bugungi holati tahlil qilinib, ushbu infratuzilma muammosini ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

🔴Mazkur sa’y-harakatlar mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar sifatini yaxshilash hamda aholining kundalik turmush sharoitlarini tubdan yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5