Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA INNOVATSION TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA



XDP tomonidan saylangan, 4-Paxtabod saylov okrugidan saylangan deputati O. Yuldoshev tomonidan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Xakaton” tadbirida faol ishtirok etildi hamda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif, fikr va innovatsion g‘oyalari tinglandi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida axborot texnologiyalari, innovatsion loyihalar hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, tashabbuskor va vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim аҳамият kasb etmoqda.

Slide 1 of 3